Jonli savdo
LIVEBugungi tushum, chek soni va o'rtacha chek — real vaqtda, har filial bo'yicha.
Do'kon, ombor, kassa va hisobot — bitta tizimda. Kassa internetsiz ishlayveradi, aloqa qaytganda savdo o'zi sinxronlanadi.
Savat bo'sh
Har bir blok — tizimda haqiqatan ishlayotgan funksiya.
Bugungi tushum, chek soni va o'rtacha chek — real vaqtda, har filial bo'yicha.
Kursor qayerda bo'lmasin, shtrix-kod savatga tushadi. Vazn-shtrix (PLU + gramm) ham o'qiladi.
EAN-13 · Code128 · QR · vazn-shtrixQoldiq tugayotganda va yaroqlilik muddati yaqinlashganda tizim o'zi xabar beradi.
Kirim partiyalari bo'yicha tannarx avtomatik hisoblanadi — foyda va marja taxminiy emas, aniq.
Har savdoning o'z belgisi bor — ikki marta yozilmaydi, yo'qolmaydi. Aloqa qaytishi bilan navbat bo'shaydi.
Brauzer, Windows kassa va telefon — bir xil ma'lumot, bir xil smena.
O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz — interfeys ham, ma'lumotnomalar ham.
Kassa ekrani biznes turiga moslashadi — quyidan tanlang.
Oziq-ovqat va kundalik tovarlar. Tarozili mahsulot, tez kassa, ko'p kassir.
Savat bo'sh
Pastga suring — do'koningizning bir kuni UPOS bilan qanday o'tishini ko'ring.
Kassir PIN bilan kiradi, boshlang'ich naqd kiritiladi — kassa tayyor. Internet bo'lmasa ham.
SMENA OCHILDI
KassirDilnoza
Ochildi08:00
Boshlang'ich naqd200 000
Shtrix-kod skaner yoki kamera bilan o'qiladi, tortilgan mahsulot vazni tarozi yorlig'idagi shtrix-koddan o'zi o'qiladi, to'lov — naqd, karta yoki aralash.
SAVDO #127
Non × 28 000
Sut 1 L13 500
Pomidor 1,250 kg18 750
Choy 100 g22 000
JAMI62 250
Naqd 50 000 · Karta 12 250
Kassa oflayn ishlaydi: savdo, qaytarish va to'lov navbatga yoziladi. Sinab ko'ring — internetni qayta yoqing.
SAVDO #128
Shakar 1 kg14 000
Gugurt1 500
Holatnavbatda
JAMI15 500
Navbatdagi savdolar tartib bilan serverga ketadi, ikki marta yozilmaydi, qoldiq hamma joyda yangilanadi.
SAVDO #128
Shakar 1 kg14 000
Gugurt1 500
Holatyuborildi ✓
JAMI15 500
Qarz daftarga emas, kassaga yoziladi. Limit oshsa ogohlantiradi, muddati kelganda mijozga Telegram'da eslatma boradi.
QARZGA SAVDO
MijozAkmal aka
Summa85 000
Muddat27.10
Mijozga Telegram'da eslatma yuboriladi
UPOS bot18:41
Akmal aka, «Baraka» do'konidan 85 000 so'm qarzingiz bor. To'lov muddati — 27-oktabr.
Z-hisobot o'zi tayyorlanadi: tushum, to'lov turlari, qarzlar. Ega har bir filialni telefonidan ko'radi.
Z-HISOBOT
Savdolar214
Naqd2 910 000
Karta1 865 000
Qarzga85 000
TUSHUM4 860 000
Bugun · Baraka do'koni
4 860 000 so'm
Narx faqat filiallar soniga bog'liq — kassa va xodimlar soni cheklanmagan. Offline savdo va sinxronizatsiya har bir tarifda bor.
Bir-ikki do'kon uchun — nechta filial, shuncha to'lov.
Bir nechta filiali bor, o'sib borayotgan do'konlar uchun.
Ko'p filialli tarmoqlar uchun — shartlar alohida kelishiladi.
DT hisobi bilan 5 daqiqada ro'yxatdan o'ting va o'sha kuniyoq sotishni boshlang.